TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

Filial direktorining 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigi.

30 Iyun 2021
Ko`rildi: 196

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali direktori, professor Abdug‘affor Safarovich Jo‘rayevning filial  talaba-yoshlariga 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigi.

Qadrli talabalarimiz, aziz yoshlar, sir emaski xar qanday jamiyatning kelajagi yoshlar qo‘lida. Bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar davrida har tomonlama namuna bo‘ladigan Sizdek ilg‘or, ilmga chanqoq, mehnatkash yoshlarimiz bilan cheksiz faxrlanamiz. Hurmatli Prezidentimiz tomonlaridan 2021 yilga “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” - deb nomlanishida yurtimizda yoshlarga juda katta e’tibor qaratilayotganligidan darak beradi. Xususan, ijarada istiqomat qilayotgan talaba-yoshlarning ijara haqqining ellik foizigacha davlat tomonidan to‘lanishi, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning ikki ming nafari davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishi, “temir daftar”ga kiritilgan yoshlarga 20 sotixdan 50 sotixgacha yer ajratilishi, ularga o‘ttiz uch million so‘mgacha hech qanday kafilsiz imtiyozli shartlar asosida kreditlar ajratilishi kabi amaliy ishlar yoshlarga e’tiborning yorqin namunasidir.
Hurmatli talaba-yoshlar! Sizlarning ilm-fan, sport, san’at qo‘yingki barcha sohalardagi yutuqlaringiz qalbimizda cheksiz iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi. Sizlarning shijoatingiz bilan ushbu ishlarnimizni yana bir yangi bosqichga olib chiqadi. Ishonamizki, filialimiz negizida yangi o‘quv yilida Prezidentimiz tomonidan tashkil etilayotgan Agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining yanada gullab-yashnashida Siz yoshlar biz bilan birga, bor kuch g‘ayratingizni, bilim va salohiyatinigizni sarflaysiz degan umiddaman. 30 iyun - Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

// //