TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSTITETI TERMIZ FILIALI

“Bir ziyoli – bir maxallaga ma’naviy xomiy” shiori ostida Termiz tumani “Halqaobod” mahallasiga tashrif

20 May 2021
Ko`rildi: 448

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali “O‘rmonchilik, dorivor o‘simliklar va manzarali bog‘dorchilik” kafedrasi o‘qituvchilari E. Jo‘raev va S. Boynazarovalar “Bir ziyoli – bir maxallaga ma’naviy xomiy” shiori ostida Termiz tumani “Halqaobod” mahallasiga tashrif buyurishdi. Mahalla raisi O.Sharapov, mahalla fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari J.Saidmalikova, xuquq targ‘ibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari U.Naimov, va Yoshlar masalalari bo‘yicha F.Jumageldievalar bilan suhbatlashib kelgusi rejalar tuzib olindi.

Suhbat jarayonida mahallada bo‘layotgan o‘zgarishlar va kamchiliklar xaqida, mahallada “Ayollar daftari”, “Temir daftar”,”Yoshlar daftari” kiritilgan fuqoralarning turmush tarzi haqida fikrlashib ”Temir daftarga” kiritilgan fuqorolarga maxalla tomonidan ko‘rsatilgan amaliy ishlar xakida suhbat o‘tkazildi. “Xalqabod" maxallasida axoli soni 4545 kishini tashkil qilishi, 804 xo‘jalik borligi va 1128 ta oila istiqomat qilishini aytdi. Maxalla xududida 2 ta umum ta’lim maktab, 1ta maktabgacha ta’lim tashkiloti , 7 ta ko‘cha mavjudligi aniqlandi. Mahallada 10 nafar ish bilan ta’minlanmagan ayollar borligini va ular kasb o‘rganish kurslarida o‘qiyotganligi aniqlandi. “Bir ziyoli – bir maxallaga ma’naviy xomiy” dasturi yurtimizdagi har bir mahalla, har bir oilaga kirib borishi muhimligi ta’kidladi. Mas’ul o‘qituvchilar o‘z so‘zlarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib, oxirgi uch yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmonlarning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Shuningdek, filialimiz to‘g‘risida bitiruvchi sinf maktab o‘quvchilarini jalb etish, tarqatma materiallarni elektron va qog‘oz variantda mahalla faollari va yoshlariga taqdim etildi.

// //